“O’zstandart” agentligi va Germaniya Federativ Respublikasining Yetakchi ekspertlar fondi (SES) o’rtasida yaqin hamkorlik o’rnatilgan.

SES eksperti Fredrix Notdurft joriy yilning 12 martdan 1 aprelgacha Respublikamizning Farg’ona, Samarqand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi fermer xo’jaliklarida bo’lib, “GLOBAL G.A.P” standarti talablari asosida meva-sabzavot va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va uning xavfsizligini ta'minlash, ushbu turdagi mahsulotlarni Yevropa davlatlariga eksport qilishni qo’llab-quvvatlash, xalqaro biznes kooperatsiyasini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga xalqaro standartlar va sertifikatlashtirishga bo’lgan zamonaviy talablarni o’rnatish, mutaxasislar tayyorlash bo’yicha seminar-treninglar o’tkazadi.