Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida “O‘zbek-turk test markazi” tomonidan ISO IEC 17025:2017 standartining yangi turlari asosida o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu o‘quv kurslarida Turk standartlari institutining xalqaro ekspert-auditori Mehtap Sezer mutaxassislarga dars o‘tdi.

Ushbu seminarda “O‘zstandart” agentligi va shu yo‘nalishdagi ishlab chiqarish korxonalarining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan mutaxassislari ishtirok etishdi.