Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimiyati boshqaruv siyosati ISO 9001:2015 xalqaro miqiyosidagi sertifikatga ega bo‘lgan yurtimizdagi birinchi davlat idorasi bo‘ldi.

Ushbu tajriba loyihasi “CERT” kompaniyalar guruhi va “ALFAKON SISTEMS” konsalting kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston davlat idoralarida eng yaxshi boshqaruv amaliyotlarini tadbiq qilish faoliyati doirasida amalga oshirildi.

ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikat Yakkasaroy tumani hokimiyatiga “CERT International” rahbari Marat Xabibulin tomonidan topshirildi.

“CERT International” MDHda faoliyat yurituvchi etakchi sertifikatlashtirish idorasidir. Uning sertifikatlari dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida tan olinadi.