Prezidentimizning 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3514-sonli qaroriga muvofiq, “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil” dasturi ijrosi yuzasidan Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi bir guruh xodimlari Аmir Temur kamol topgan yurt qadim – Shaxrisabz shahriga ziyorat etish maqsadida tashrif buyurdilar.

Ushbu sayohat xodimlarni mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning madaniy va ma'naviy xordiq chiqarishlari uchun tashkil qilindi.

Tashrif buyurganlar ko’hna va qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylaridan Oqsaroy majmuasi, Ko’kgumbaz jome masjidi, Аmir Temur nomidagi moddiy madaniyat tarixi muzeyini borib ko’rdilar hamda ularning yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishdilar.