Namangan viloyati, Yangiqo’rgon tumanida joylashgan “Kompozit panel servis” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan 66 turdagi erkaklar, ayollar va bolalar trikotaj mahsulotlari eksport  qilishga rejalashtirilgan.

Korxonada sifat menejment tizimini joriy etish va ISO 9001-standarti bo’yicha sertifikatlashtirishda shuningdek, 11 turdagi 118000 dona trikotaj mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati olishda Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko’maklashish” byurosi amaliy yordam ko’rsatdi.

Buning natijadasida korxona tomonidan Belorussiya Respublikasi, Minsk shahri “Vodiybel-sanoat” bilan yillik umumiy qiymati 1,0 mln АQSh dollar miqdoridagi eksport shartnomasi imzolanib, mahsulotlarni “Uz-Tailor” brendi asosida eksport qilish yo’lga qo’yildi.