Muruvvat, saxovat va xayrli ammallarni muntazam tashkil etish xalqimiz ma’naviyatining muhim bir bo‘lagidir.

Qadimdan xalqimiz nogiron bolalar va ijtimoiy yordamga muhtojlarga muruvvat ko‘rsatgan saxovatpesha insonlarni hurmatu-ehtirom ko‘rsatilgan.

 

Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari tomonidan Muborak Ramazon oyida xayrli ishga qo‘l urildi. Aniqrog‘i, Buxoro viloyatidagi eshitishi zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 123-sonli maktab-internati o‘quvchilari holidan xabar olindi.

Mamlakatimizda farzandlar kamoli yo‘lida amalga oshirilayotgan barcha ezgu maqsadlar zamirida dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamligi, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, salomatligini asrash davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e’tiborida ekanligi Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Muxtorov tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Shu kuni maktab-internatga 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida joriy ta’mirlash ishlari uchun bo‘yoqlar va o‘zbek va jahon adabiyotiga oid badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Ular orasida sevimli adiblarimiz Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov, Erkin Vohidov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Muhammad Yusuf, Tohir Malik va boshqa jahon adabiyoti namoyondalarining asarlari bor.