Mamlakatimizda ishlab chiqaruvchi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Standartlar Instituti va “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash” bo‘yicha Rossiya ilmiy-texnika axborot markazi Federal davlat unitar korxonasi bilan standartlashtirish bo‘yicha rasmiy xujjatlarni tarqatish huquqini berish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Endilikda, ushbu shartnomaga muvofiq Standartlar Instituti O‘zbekiston Respublikasi xududida standartlashtirish bo‘yicha rasmiy hujjatlarni (GOST R, GOST) tarqatish huquqiga ega bo‘ldi. Ushbu shartnoma muddatsiz amal qiladi. Standartlarni tarqatish avtomatlashtirilgan “Rasprostraneniye standartov” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.