“O‘zstandart” agentligi tomonidan milliy etalonlar bazasini rivojlantirish maqsadida 463,5 ming dollarlik 3 dona absolyut bosim, ortiqcha bosim, namunaviy kuch birligi etalonlari xarid qilinib, ishga tushirildi, yil yakuniga qadar yana 270 ming dollarlik 2 ta temperatura va uzunlik etalonlari xarid qilinadi. Etalonlarning umumiy soni 13 taga etdi, hamda  dasturga muvofiq 2023 yilgacha ularning umumiy soni 33 taga etkaziladi.