“O‘zstandart” agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda respublikamizda amalda bo‘lgan 207 ta (jumladan 24 tasi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun) sanitariya-gigiyena me’yorlarini xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu sa’y-harakat orqali iste’molchilarni sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlashga erishiladi.