“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali tomonidan zamon talabi asosida laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Umarov Farhod Baqoyevichga Buxoro filiali boshlig‘i Ulug‘bek Bozorov tomonidan kalibrlash laboratoriyasini yangi loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.
Viloyat hokimi tegishli mutasaddilarga ushbu laboratoriyalarning ochilishi muhim ahamiyatga egaligini bildirdi. Yangi kalibrlash laboratoriyasini yaratish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlab yuborildi.