Har yili 14 oktyabrda dunyo bo‘ylab Butunjahon standartlashtirish kuni nishonlanadi. Ushbu kun dunyo bo‘ylab standartlarni ishlab chiqadigan minglab mutaxassislar va ekspertlarning birgalikdagi saʼy-harakatlarini qadrlash vositasi hisoblanadi. Kasb bayram har yili maʼlum bir shior ostida o‘tkaziladi.

Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro ISO, IEC, ITU tashkilotlari tomonidan 2020 yilni «Standartlar- Yer kurrasi himoyasi uchun » deb nomlandi.

ISO, IEC, ITU xalqaro tashkiloti rahbarlari Eddi NYOROGE, Inbyao SHU, Xoulin CHJAO qo‘shma Bayonotda quyidagilarni taʼkidlashdi:

«ISO, IEC va ITU tomonidan ishlab chiqilgan standartlar texnik muammolarni vaqt sinovidan o‘tgan yechimlarini hisobga oladi. Ular rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda tajriba va ekspert nou-xaularini almashishga yordam beradi. Standartlar energiya tejash, suv va havo sifatining barcha jihatlarini qamrab oladi va protseduralar va o‘lchov usullarini belgilaydi. Ulardan keng foydalanish sanoat ishlab chiqarishi va jarayonlarining atrof-muhitga taʼsirini kamaytirishga, cheklangan resurslardan qayta foydalanishga yordam beradi va energiya samaradorligini oshiradi."

Standartlar qayta tiklanadigan elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni almashish imkonini beradi, barcha tarmoqlarda samaradorlik va atrof-muhit barqarorligini oshirish uchun vositalarni to‘playdi.

Standartlar barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, sifatli amaliyotni amalga oshirishga yordam berish va texnik to‘siqlarni kamaytirish orqali ochiq xalqaro savdoni rivojlantirish orqali hayotimizda muhim rol o‘ynaydi.

2020 yilda standartlar Koronavirus (Covid-19) infeksiyasiga qarshi kurashda qanchalik muhimligini ko‘rsatdi. Shuni taʼkidlash kerakki, ISO, IEC, ITU xalqaro tashkilotlari tomonidan koronavirus COVID-19 xavfli infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuv korxonalarga xalqaro standartlarga erkin kirish va foydalanish imkoniyati berildi.