“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Oʼz DSt 8.089:2020 «Mexanik, yarim avtomat va avtomat noinvaziv arterial bosim oʻlchagichlari. Qiyoslash uslubiyati» Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti qabul qilindi.

Ushbu standart Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy bazasini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, invaziv boʻlmagan qon bosimi oʻlchagichlariga tatbiq etiladi va ularni birlamchi va davriy qiyoslash usullarini belgilaydi.

Meʼyoriy hujjat qiyoslash operatsiyalariga talablarni, qiyoslash vositalari va uni amalga oshirish shartlarini shuningdek, xavfsizlik talablari hamda natijalarni tekshirish va roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradigan mutaxassislarning malakasini belgilaydi.