“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Standartlar institutida maʼnaviy – maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda agentlik Bosh direktorining maslahatchisi Azamat Pardayev ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi. Tadbir davomida Farmonda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash borasida Standartlar instituti oldida turgan asosiy vazifalar, davlat tilida ish yuritishning holatini doimiy oʻrganib, tahlil qilib borish hamda bunda Agentlik va uning tizimida ishlayotgan xodimlarning masʼuliyatini yana-da oshirish masalalari muhokama qilindi.