Oʻzbekiston milliy matbuot markazida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamentining “Ishlab chiqarish korxonalarida oʻtkazilayotgan profilaktika tadbirlarining borishi” mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumanida Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonunchilik talablarini buzilishini oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatish, sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishni oldini olish shuningdek Davlat nazoratini tashkil etish, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish kabi masalalar muhokama qilindi va jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olindi.