“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlar instituti va Belarus davlat standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti (BelGISS) ekspertlari oʻrtasida videokonferensiya shaklida jonli muloqot boʻlib oʻtdi.

Foto: Standartlar instituti matbuot xizmati

Foto: BelGISS matbuot xizmati

Uchrashuvda standartlarni ishlab chiqish va qabul qilishda milliy texnik qoʻmitalarning oʻrni, muvofiqlikni baholash hamda kadrlar malakasini oshirish, shuningdek, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi yuzasidan fikr almashildi.