Hozirgi kunda maishiy texnika, kabel sim, elektr kuchlanishli qurilmalar ishlab chiqaruvchilar tomonidan SE markirovkasi talablari taʼminlamagan  boʻlsa ularning mahsulotlarini  Yevropa bozorlari  qabul qilmaydi.

 Yevropa davlatlarida elektrotexnika mahsulotlari  bilan oʻz nufuzini mustahkamlashga intilayotgan yangi Oʻzbekistonda bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

“Oʻzstandart” agentligi va  «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi  tomonidan korxonabay ishlash tizimi orqali halqaro standartlar joriy etilib, SE markirovkasi olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Bugun Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Keles shahrida joylashgan “TRINITY TECHNOLOGY” MCHJ qoʻshma korxonasida
SE markirovkasi joriy etish boʻyicha  treyning seminar tashkil etildi.

Tadbirda “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
va  Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi mutaxassislari tomonidan “TRINITY TECHNOLOGY” MCHJ qoʻshma korxonasiga
SE markirovkasi, Yevropa davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, Yevropa import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalkaro standartlar muhimligi  tushuntirildi.

Shu bilan birga eksportyor korxonalar  faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi atroflicha yoritib berildi.

 “Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi

Eksportga koʻmaklashish byurosi