Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida faoliyat yuritayotgan "AGRO PROCESSING GROUP” korxonasi oʻz faoliyatini 2017-yilda boshlagan. Korxona asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va konsentratlash bilan shugʻullanadi.

Agentlik rahbari korxonada “Organik” xalqaro standartini joriy qilish ishlari bilan yaqindan tanishib, xalqaro standartning afzalliklari yuzasidan tavsiyalar berildi hamda bu jarayonga mutaxassislar jalb etildi.