Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh metrologlarning soha olimlari bilan uchrashuvi oʻtkazildi. Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida yoshlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, yaratilayotgan ixtirolar va ularning metrologiya sohasini chet ellik hamkorlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olinishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, jamoada faoliyat yuritayotgan yoshlar Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan oʻtkaziladigan turli ilmiy va innovatsion, startap loyihalari tanlovlarida faol ishtirok etishlari, Yoshlar akademiyasiga aʼzo boʻlib, akademiya tomonidan tashkil qilinadigan tanlovlarda qatnashishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanish uchun oʻz yoʻnalishlari boʻyicha jahon tajribasini oʻrganishlari va tahlili natijalari boʻyicha ilmiy maqolalar nashr qilishlari boʻyicha vazifalar belgilab berildi.

Yuqorida qayd etilganidek yoshlarni stajirovkaga borish boʻyicha eʼlon qilingan tanlovda ishtirok etish uchun chet ellik hamkorlarni oʻrganish va ular bilan muzokaralar olib borish, tanlovda ishtirok etishlari yuzasidan fikr almashildi.

Tanlovlarda ishtirok etish uchun topshirilgan loyihalarda soha atamalarini qoʻllash, rus va boshqa xorijiy tillardan oʻzlashgan atamalarning oʻzbek tilidagi variantini yaratish, isteʼmolga kiritish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.