Hayot davomiyligi yosh avlod va ustozlar munosabatlarida koʻrinadi. Farzandlarga taʼlim va tarbiya beradigan mehri daryo muallimlar mehnati doimo eʼtiborda.

Ustoz bamisoli bogʻbon. Murabbiy, bu-axloq odob, insoniylikdan saboq beruvchi moʻtabar zot. U yosh avlodga ilm-fan asoslarini oʻrgatib, ularni zamonamizning har tomonlama barkamol kishilari qilib voyaga yetkazadilar.

1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami arafasida Agentlik huzuridagi Departament, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, va “UzTest” markazi, Samarqand filiallarida sohada koʻp yillar namunali mehnat qilgan ustoz murabbiylar taklif qilinib, “Ustoz qadri” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda yosh mutaxassislar va ustoz-murabbiylar uchrashuvi tashkil etilib, ustozlar tomonidan boy tajribalaridan kelib chiqqan holda mutaxassislarga oʻgit va nasihat, tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ustoz-murabbiylarga qimmatbaho esdalik sovgʻalari ulashildi.