Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi PQ-5202-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish “Yoʻl xaritasi”ning ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 14-15-oktyabr kunlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi hamkorligida Orolboʻyi mintaqasida faoliyat yuritayotgan 85ta tadbirkorlarga xalqaro Q-sert tashkilotining Oʻzbekistondagi rahbari ishtirokida ISO 14001 standarti boʻyicha oʻquv seminari oʻz ishini boshladi.

Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi