Agentlikning Samarqand viloyati hududiy filiallari xodimlari ishtirokida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi masʼul xodimi Nodir Qudratov, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat jamiyati aʼzosi Nigora Boboyarova hamda Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Shoiraxon Berdiyorovalar taklif etildi.

Davra suhbati ishtirokchilari oʻzbek tilining kechagi kuni, buguni va istiqboli, savodxonlik, har bir Oʻzbekiston fuqarosining davlat tiliga zakiylik va masʼuliyat bilan yondashishi zarurligi , tilimizni eʼzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb maʼnaviy burch ekaniga eʼtibor qaratdilar.