Agentlik huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hududiy boʻlinmalarida ishlab chiqaruvchilarga metrologik xizmat turlarini koʻpaytirish va uni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

Bu jarayonlarni takomillashtirish maqsadida laboratoriya xonalarini taʼmirlash hamda zamonaviy jihozlarni xarid qilish ustivor vazifa etib belgilangan.

Institutning Chirchiq filialida ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida 360 mln soʻmga 10 ta laboratoriya xonalari taʼmirlashdan chiqarilib, 138 mln soʻmga zamonaviy laboratoriya stoli va mebel hamda kompyuter jamlamalari xarid qilindi.

Yaratilgan bunday qulayliklar natijasida Toshkent viloyati sanoat korxonalari uchun metrologik xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.