Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan Fargʻona viloyatida sifat infratuzilmasini jamoatchilikka keng joriy qilish maqsadida “Sifat haftaligi” tadbiri boshlandi.

Agentlik va “Korzinka” supermarketi bilan hamkorlikda boʻlib oʻtayotgan mazkur tadbirda keng jamoatchilik, mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqdalar.
Maʼlumot oʻrnida: joriy yil yanvar-oktyabr holatiga 694 ta korxonada 859 ta sifat menejment tizimlari boʻyicha sertifikatlar rasmiylashtirilgan, shundan, 328 ta korxona sifat,  121 ta ekologik,  39 ta oziq-ovqat havfsizligi, 26 ta energetik,  60 ta kasb-hunar hamda 278 ta korxonalar menejment tizimlari boʻyicha sertifikatlashtirildi.

Shu bilan birga, 44 ta korxonada “Oeko-tex” xalqaro standart talablari asosida mahsulot ishlab chiqarilayotgan boʻlsa, 45 ta fermer xoʻjaliklarida 7785 gektar maydonda xalqaro “Global G.A.P.” hamda “Organic” standartlari joriy qilinib, sertifikatlashtirilgan yer maydonlari 11 966 gektarga yetkazildi.