Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish va lotin alifbosiga bosqichma bosqich oʻtish ishlari samarali tashkil etilgan. Bunga sabab Agentlik markaziy apparati tomonidan ushbu holatni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh muntazam ravishda joylarga chiqib, monitoring ishlarini olib boradi.

Navbatdagi monitoring Namangan viloyati hududiy filiallarida oʻtkazildi.

Namangan viloyati hududiy filiallarda ish yuritish ishlari lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida olib borilyapti. Murojaatlarga javoblar, rasmiy xatlar, ichki buyruqlar ham toʻliq lotin alifbosiga asoslangan davlat tiliga oʻtkazilgan. Jamoada asosan yoshlar boʻlgani uchun bu alifboga maxsus oʻrganish talab etilmasligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, laboratoriya uskunlari tavsiflari ham lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida yozilgan tarzda osib qoʻyilgan. UzTEST markazi Namangan viloyati hududiy filialida yangi laboratoriya uskunalari sotib olinishi munosabati bilan ularga tavsiflarni oʻz vaqtida osib qoʻyilishi taʼminlandi. Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti viloyat filialida laboratoriyalar, maʼnaviyat xonasi, idoraviy kutubxonalar faoliyatini belgilangan talab boʻyicha jihozlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Aholi va tadbirkorlik subyektlariga onlayn xizmat koʻrsatishni tashkil qilish maqsadida yaratilgan ye-metrologiya axborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar oʻrganildi. Mazkur axborot tizimi davlat tilida yaratilgan boʻlishiga qaramay, murojaatchilar tomonidan ilova sifatida taqdim qiladigan hujjatlarning aksariyati boshqa tillarda yoki aralash holatda, ayrim hollarda bitta murojaat uchun taqdim qilingan hujjatlar toʻplamida rus va oʻzbek tillarida, lotin va kirill alifbolarida tayyorlangan hujjatlar ham borligi aniqlandi. Bu holatni baratraf etish yuzasidan murojaatchilar reyestrini shakllantirish va ular bilan individual tarzda ishlash vazifalari belgilandi.