Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatimizning Belgiya va Fransiya elchixonalari hamkorligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining “Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga qoʻmaklashish” loyihasi doirasida Niderlandiya, Belgiya va Fransiya davlatlarida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Unda standartlar institutlari, dukkakli ekinlar importini tartibga soluvchi assotsiatsiyalari va ularning xaridorlari bilan muzokaralar oʻtkazish maqsadida, “Yevropa Ittifoqi bozorlariga dukkakli mahsulotlarning eksport zanjirini rivojlantirish” boʻyicha bir qator manfaatli muzokaralar tashkil etildi.

Uchrashuvlar natijasida respublikamizda mosh mahsulotlarini yetishtiruvchi klaster korxonalarga xalqaro Global GAP standartini joriy etish orqali Yevropa Ittifoqiga eksport qilishga kelishib olindi.

Menejment tizimlarini joriy etishni

muvofiqlashtirish boshqarmasi