OʻzTTSA va tizim tashkilotlarining Qashqadaryo viloyati hududiy filiallari oʻz faoliyat yoʻnalishlari doirasida Qumqoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga joriy etish maqsadida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Uchrashuvda masʼullar hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla aholisi hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatlariga koʻmaklashish vazifalariga eʼtibor qaratildi.

Bunday hamkorlik natijasida filial masʼullari mahallada istiqomat qiladigan kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olish, ularga bayram kunlari oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib byuyerayotgani, mahalladagi ibratli oilalar, iqtidorli yoshlar, faxriylarning ibratli hayot yoʻllari haqida yoshlarga hikoya qilib berish maqsadida tizimli maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkazilishiga kelishib olindi.