Agentlik tizimidagi Departament hamda “UzTest”, “OʻzMMI” Surxondaryo hududiy filial mutaxassislari tomonidan  Termiz  tumanidagi yaqin kunlarda ishga tushishi rejalashtirilgan va un mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda eksport qilishi kutilayotgan «SITY SNAB”  ishlab chiqarish korxonasida profilaktika tadbirlari oʻtkazildi.

     Tadbir davomida korxona tomonidan ishlab chiqarilishi va eksport qilininishi rejalashtirilgan mahsulotlar faoliyati oʻrganilib, korxona masʼullariga soha yuzasidan tegishli tavsiyalar hamda mahsulotlarni tashqi koʻrinish va yorliqlanishi toʻgʻrisida tushunchalar berildi.