Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda jurnalist va blogerlar bilan hamkorlikda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “ADM Jizzakh” avtomobil ishlab chiqarish zavodida media-tur tashkil etildi.

Media-tur davomida “ADM Jizzakh” avtomobil ishlab chiqarish zavodi xalqaro standart asosida sifat menejment tizimlari joriy qilinganligi va tizim xalqaro standart asosida ishlab chiqarish jarayonlari yoʻlga qoʻyilganligini toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Xalqaro SGS tashkiloti tomonidan berilgan ishlab chiqarish jarayonida sifat menejment tizimlari boʻyicha xalqaro ISO 9001 standarti asosida sertifikat topshirildi.

OAV xodimlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.