OʻzTTSA va Turkiya standartlashtirish instituti  tomonidan zamonaviy talablarga javob beradigan  “Oʻzbek-Turk Test Markazi”,  Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Mazkur qoʻshma korxona ichki va xalqaro bozorda koʻp yillik tajriba va oʻz oʻrniga ega. Bunda Turkiya standartlashtirish instituti bilan hamkorlik ijobiy samara bermoqda.

Kuni kecha Turkiya standartlashtirish instituti Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kurshat Yilmaz bilan  Xalqaro ISO standartlarini davlat tiliga tarjima qilish  va  standartlarini davlat tilida boʻlishi sohasida innovatsion uslublarni joriy  qilish vazifalari muhokama qilindi.

Shuningdek, standartlarni davlat tilida ishlab chiqish va xalqaro standartlarni  tarjima qilishni faqat Oʻzbekiston standartlar instituti mutaxassislari emas, balki agentlik huzuridagi  tarmoq va soha masʼullari texnik qoʻmitalar bilan hamkorlikda tizimli ravishda amalga oshirishlari maqsadga muvofiq va bunda albatta  oʻzbek tilshunos olimlar ham faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiq ekanligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilinayotgan Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikdagi dastur va tanlovlarda agentlik tizimi yoshlarining ishtirokini taʼminlash, standartlashtirish, sertifikatlashtirish sohasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish, yosh olimlarni chet ellarda malaka oshirishlarini tashkil etish boʻyicha ham fikr almashildi.