Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparati  xodimlari buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan shoirning mashhur “Qaro koʻzum” gʻazaliga #navoiyiftixorim xeshtegini oʻtkazdilar.

Bunda har bir xodim gʻazaldan ikki misradan oʻqib, uningg maʼnolarini aytib berdilar.

Qaro koʻzum....

Qaro koʻzum¸ kelu mardumligʻ emdi fan qilgʻil¸

Koʻzum qarosida mardum kibi vatan qilgʻil.

Yuzing guliga koʻngul ravzasin yasa gulshan¸

Qadding niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.

Takovaringgʻa bagʻir qonidan xino bogʻla¸

Itingga gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil.

Firoq togʻida topilsa tufrogʻim¸ ey charx¸7

Xamir etib yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil.

Yuzung visoliga yetsin¸ desang koʻngullarni¸

Sochingni boshtin-aëgʻ chin ila shikan qilgʻil.

Xazon sipohigʻa¸ ey bogʻbon¸ emas moneʼ¸

Bu bogʻ tomida gar ignadin tikan qilgʻil.

Yuzida terni koʻrub oʻlsam¸ ey rafiq meni¸

Gulob ila yuvu¸ gul bargidan kafan qilgʻil.

Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang¸

Aning boshoqligʻ oʻqin shamʼi anjuman qilgʻil.