Agentlikning Samarqand viloyati hududiy filiallari “Asviz” xususiy sertifikatlashtirish idorasi bilan hamkorlikda mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalari yuzasidan viloyatdagi sanoat trasnformatorlarini ishlab chiqaruvchi “Kattaqoʻrgʻon Elektrotexnika Zavodi” korxonasida boʻlib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdilar.

Maʼsullar tomonidan mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni toʻliq oʻrganilib,  mahsulotlarga tegishli meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlandi, mahsulotlarni sertifikatlashtirish, oʻlchov vositalarini metrologik qiyoslov koʻrigidan oʻtkazish va sifat menejmenti  tizimini xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish yoʻnalishlarida  maʼlumotlar berildi.