Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari Jizzax filiali xodimlari dilbar shoir, iqtidorli dramaturg Hamid Olimjon va uning sevimli yori, shoira Zulfiyaxonim ijodiga bagʻishlangan muzeyga sayohat uyushtirildi.

Muzeyda xodimlar Hamid Olimjon va Zulfiyaning asarlari namunalar, yaqin insonlar, oila aʼzolari, hamkasblar va xorijlik yozuvchilar bilan tushgan suratlari, oʻsha davrda aholi oʻrtasida muomalada boʻlgan veksil, pullar va tangalardan namunalar, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi toshbosma usulida chop etilgan kitob namunalari bilan tanishdilar.