Muhammad Yusuf ona diyor va istiqlol kuychisi. Shoirning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz maʼnaviyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida oʻzlikni anglash, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini, ezgu fazilatlarni kamol toptirish borasidagi xizmatlari, yorqin isteʼdodi, betakror badiiy asarlari, ibrat maktabi desak aslo adashmaymiz.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali masʼullari shahardagi 15-sonli maktabda “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ulugʻimsan Vatanim!” mavzusida oʻtkazilgan maʼnaviy maʼrifiy tadbirda ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Chirchiq shahar boʻlinmasi, “Vatanparvar” tashkiloti Chirchiq avtomobil maktabi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, oʻquvchi yoshlar va pedagoglar ishtirok etdilar. Tadbirda maktabning ijodkor yoshlari buyuk adib ijodidan sheʼrlar oʻqidilar. Tadbir davomida shoir ijodiga bagʻishlangan viktorina oʻtkazildi. Eng faol ishtirok etgan jamoalar faxriy yorliq va kitoblar bilan taqdirlandilar.