Buxoroda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida xalqaro standartlarni oʻrgatish boʻyicha xalqaro ekspert jalb etildi.

Hududiy filiallar savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi bilan hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda viloyatdagi 41 ta tadbirkorlik subektlari, va ishlab chiqaruvchilarga xalqaro standartlarning joriy etilishi, uning afzalliklari, mahsulot eksport qilinishidagi standartlarning oʻrni haqida batafsil tushunchalar berildi.

Oʻquv kursida IP OOO “Knauf” Gips Buxara eksportyor korxonasining xalqaro ekspert auditori soʻzga chiqib, korxona tomonidan joriy etilgan xalqaro standartlar, ularning ishlab chiqarishni boshqarishdagi oʻrni va yaratilayotgan yengilliklar, davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida toʻliq tushuntirish berdi.

Shuningdek, yigʻilganlarga Buxoro muxandislik-texnologiya institutining ilmiy xodimi va Standartlar inistituti masʼullari tomonidan ISO 9001, ISO 14001, ISO 50001 va Oeko -Tex Standards 100, Global G.A.P, ORGANIC xalqaro standartlari va SE markirovkasini korxonalarda joriy qilishning ahamiyati yuzasidan maʼlumotlar berildi.