Adliya vazirligi, Jizzax viloyati boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-221 sonli qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boʻyicha joriy etilayotgan yangi mexanizmlarni masʼul davlat idoralari va tashkilotlari xodimlari uchun tashkil etilgan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda Agentlikning hududiy boʻlinma masʼullari ham ishtirok etdilar.