Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo filialida 2-chorak  yakunlari va jismoniy hamda yuridik murojaatlar bilan ishlashning holati tanqidiy tahliliy koʻrib chiqildi.  

Unda masʼullar boʻlimlar kesimidagi ishlarni tahlil qilib, kelib tushgan 804  ta murojaatlarga oʻz vaqtida javob qaytarilgani, shundan 34 dona oʻlchov vositalari meʼyoriy hujjat talablariga javob bermaganligi sababli yaroqsiz deb topilgani,    shuningdek,filialning 4 mutaxassisi Oʻzbekiston standartlar institutida va 3 nafar xodim Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida malaka va tajribalarini oshirganliklari taʼkidlandi.  Shuningdek, filial iyun oyida Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgani, mutaxassislariga korrupsiya holatiga yoʻl qoʻymaslik, murojaatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqishlari yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilish davomida yil oxiriga qadar metrologiya xizmatlarini rivojlantirish, va yangi ish hajmini koʻpaytirish, texnik oʻqishlar va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni  tizimli oʻtkazishga  kelishib olindi.