Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax hududiy boʻlinmasi masʼullari Paxtakor tumanida joylashgan “Paxtakor Teks” korxonasida boʻlib, “OEKO TEX” – 100 xalqaro standartining joriy etish va talablari boʻyicha maʼlumot berdilar. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, «Paxtakor Teks” korxonasi hozirda kalava ip mahsulotlarini Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Italiya davlatlariga eksport qilmoqda.

Korxona masʼullari bilan suhbat jarayonida tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yuzasidan ham maʼlumotlar berildi.