Agentlik va uning tizim-tashkilotlari hamda hududiy filiallarida Mustaqilligimizning oʻttiz bir yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” mavzularida madaniy-maʼrifiy uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

Bugun Fargʻona viloyati hududiy filiallarida tashkil etilgan uchrashuvda xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayrami bilan tabriklab, jamoada oʻzining mehnatsevarligi, bilimdonligi, oʻz ishiga masʼulliyat bilan qarayotgan bir guruh xodimlar ragʻbatlantirildi.

Shu bilan birga, bu yil farzandlari ilk bora maktabga borayotgan xodimlarga oʻquv qurolari jamlanmasi ham topshirildi.

Tadbir soʻngida xodimlar bildirilgan eʼtibor uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirib, maktab sovgʻasini olgan farzandlar kelgusida aʼlo baholarga oʻqib, yurtimiz taraqqiyoti uchun munosib hissa qoʻshadigan insonlar boʻlib voyaga yetishlariga vaʼda berdilar.