Mustaqillik bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va «UzTest» markazi Chirchiq filiallarida “Ikki avlod uchrashuvi” ustoz-shogird anʼanalarini mujassam etgan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvga sohaga koʻp yillar oʻz hissasini qoʻshgan ustozlar A.Fozilov  va I. Hojiyevlar taklif etildi.

 Uchrashuv bahonasida mehmonlarni mustaqillikning 31 yillik bayrami bilan tabriklab, bunday maʼrifiy uchrashuvlar maʼnan, tarbiyaviy jihatdan ulkan ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Katta amaliy tajribaga ega ustozlar “Ustoz-shogird” anʼanasini davom ettirish zarurligi, yosh xodimlarga tajriba almashish boʻyicha faxriylar tashabbus koʻrsatishi va xodimlar ham ogʻishmay soha fidoyilaridan oʻrnak olishlari zarurligi alohida taʼkidladi.

Ikki avlod uchrashuvi yosh xodimlarning maʼnaviy bilimini boyitib, ularning qalbida ona Vatan hamda tanlagan kasbiga sadoqat tuygʻularini mustahkamlashi aytib oʻtildi.

Uchrashuv soʻnggida oʻzlari kabi halol mehnat va obroʻ-eʼtibor bilan nafaqaga chiqib, umrguzaronlik qilish barcha xodimlarga ham nasib qilsin deya yaxshi niyatlar qilindi.