Davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda toʻlaqonli joriy etish hamda faol qoʻllanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda quyi tizimlarida Ishchi guruh tomonidan oʻrganish olib borildi.

Oʻrganish davomida vazirlik hamda agentlikda davlat tilida ish yuritilishi qanday darajada ekanligi va tizimdagi yutuq va kamchiliklar oʻrganildi.

Shuningdek, Ishchi guruh Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Davlat nazorati Departamentida ham boʻlib, laboratoriyalaridagi asbob-uskunalarning pasportlarini davlat tilida lotin alifbosida berilganligi ham ish yuritish hujjatlariga alohida ahamiyat berdilar, xodimlar bilan suhbatlashdilar.