SE Markirovkasi- Yevropa davlatlariga eksportda katta imkoniyat, shu bilan birga hozirgi kuchli raqobat sharoitida xorijiy bozordan ayniqsa Yevropa Ittifoqi bozorlaridan mustahkam joy egallash muhim masala hisoblanadi.

Yevropa bozori mahsulotlarning sifati va xavfsizligi borasida oʻziga xos talablarga ega boʻlib, ayrim turdagi mahsulotlarni eksport qilishda SE markirovkasi talab qilinadi. SE Markirovkasi bu Yevropaning maxsulotlarga qoʻygan sifat va xavfsizlik talabidir.

Mahsulotlarni Yevropa bozorlariga eksport qilish va SE markirovkasini qoʻllash boʻyicha Chexiyaning The Technical and Test Institute for Construction Prague, SOE muvofiqlikni baholash idorasi hamkorligida Namangan viloyatining “Mexmash” korxonasi mutaxassislari uchun oʻquv seminari tashkil qilindi.

Unda The Technical and Test Institute for Construction Prague, SOE eksperti Aleksandra Shmarneva tomonidan SE Markirovkasining mazmun mohiyati va uni qoʻllash talablari, Yevropaning Nando (New Approach Notified and Designated Organisations) Information System tizimi boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi.

Shu bilan birga ishlab chiqarish korxonalaridagi laboratoriyalarni halqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish masalalari
va bu sohada xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashildi.

Oʻquv seminari davomi ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi, The Technical and Test Institute for Construction Prague, SOE eksperti Aleksandra Shmarneva tomonidan barcha savollariga batafsil javob berildi.

Xalqaro munosabatlar boshqarmasi