Agentlikning Navoiy viloyati hududiy filiallari tashabbusi bilan tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun seminar tashkil etilib, unda Prezidentimizning “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni va sohaga oid muhim topshiriqlar ijrosi yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, sanoat korxonalari negizida mahsulotlarning sinov laboratoriyasini tashkillashtirishda va xalqaro talablar asosida sinovlarni oʻtkazishida amaliy va metodik yordam koʻrsatish masalasida korxonalarga GSP+ tizimining mohiyatini tushuntirish va xalqaro standartlarni joriy qilishda Yevropa bozorlariga mahsulot eksportini yoʻlga qoʻyish boʻyicha korxona va tadbirkorlarga yaratib berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berildi.

Bundan tashqari, uchrashuvda korxonalarga xalqaro standart talablari asosida sifat menejment tizimlarini joriy qilishning afzalliklari va menejment tizimi orqali mahsulotlarni eksportga chiqarish imkoniyatlari toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berilib, tadbirkorlarning koʻplab savollarga javob qaytarildi.

Seminar davomida yangi tahrirdagi “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida ham maʼlumotlar berildi.