Jizzax shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi filiali xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

Yarmarka davomida filial masʼullari tomonidan Jizzax viloyati va mamlakatimizning boshqa hududlaridan kelgan tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarga xalqaro sertifikatlar olish boʻyicha tushunchalar berildi hamda oʻz mahsulotlarini sotish uchun shartnomalar imzolandi.