Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (O'zTTSA), O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi ( O'ZAKK) va Misr akkreditatsiya kengashi (EGAC)  o‘rtasida muvofiqlikni baholash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda akkreditatsiyaga taalluqli bo‘lgan ikki tomonlama savdo munosabatlaridagi texnik to‘siqlar masalasini yechishda hamkorlik qilish, texnik almashuvlarni amalga oshirish, muvofiqlikni baholash bilan bog‘liq bo‘lgan metodologiya tadbiq etish, qo‘shma akkreditatsiya dasturlarini ishlab chiqish, akkreditatsiya sohasida laboatoriyalararo malakaviy sinov amaliyotidan foydalanish bo‘yicha tajriba va axborot bilan almashish, Xalqaro laboratoriyalar akkreditatsiyalash hamkorligi (ILAC), Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) va unga aloqador mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot natijasiga ko‘ra, akkreditatsiya tizimini rivojlantirishdagi bir-birlarining tajribasini o‘rganishga kelishib olindi.