Ayni damda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Sof Expo Samarqand” ko‘rgazmalar majmuasida mahalliy tadbirkorlik subyektlari va korxonalari uchun sanoat kooperatsiyasi yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Samarqand hududiy filiallari xodimlari ham sanoat kooperatsiyasi yarmarkasida faol qatnashmoqda.
Ishlab chiqaruvchi korxona vakillariga kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, soha qonunchiligi yuzasidan ma'lumotlar berilmoqda.