FSSC 24000 - bu FSSC Fondi tomonidan tayyorlangan va nashr etilgan Ijtimoiy Boshqaruv Tizimlarining sertifikatlashtirish va auditining yangi tizimi.
FSSC 24000 tuzilmasi FSSC standartlari oilasi uchun yangi bo‘lib,  dunyo bo‘ylab manfaatdor tomonlar bilan ochiq maslahatlashuvlar asosida ishlab chiqilgan. FSSC 24000 ijtimoiy ko‘rsatkichlarga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, xalqaro miqiyosda tan olingan mustaqil standart PAS 24000 ”Ijtimoiy boshqaruv tizimlarining Spetsifikatsiyasi” ni o‘z ichiga oladi.
Ushbu standartni ishlab chiqarish va qayta ishlash sektorida (oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari), shu jumladan iste’mol mahsulotlari va ta’minot tarmoqlarida xizmatlar ko‘rsatishda qo‘llanilishi mumkin.
FSSC 24000 standarti ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 22000 va boshqa ISO boshqaruv tizimlari  bilan integratsiyasiga yo‘naltirilgan, ISOga uyg‘unlashtirilgan tizimga muvofiq. Endi FSSC 22000 oziq-ovqat xavfsizligi tizimlarini o‘z ichiga olgan mavjud boshqaruv tizimlariga ega bo‘lgan tashkilotlar ijtimoiy maqsadlar va natijalarga erishish usullarini birlashtirishi mumkin bo‘ladi.
FSSC 24000 SSCI ning mavjudligi mijozlarning ishonchini oshiradi va SSCI tamoyillarini qabul qilganlar orasida butun dunyo bo‘ylab qabul qilinishiga olib keladi – FSSC 22000 GFSI mavjudligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashi kabi.