Non  va  qandolat  mahsulotlarini ishlab chiqarish oziq-ovqat sanoatining  muhim  va rivojlangan sohalariga aylanib bormoqda. Yil sayin non va qandolat  mahsulotlariga talab ortib ularning  turlari  ko‘payib  bormoqda. Non va qandolat  mahsulotlari  uglevodlarga boy ozuqa  hisoblanadi. Navoiy  shahrida  joylashgan  “Favorit  lyuks  servis” korxonasida  non  va qandolat  mahsulotlari ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTEST” markazi Navoiy  filiali mutaxassislari mazkur korxonada bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan  mahsulotlar  muvofiqligini baholanib  qandolat mahsulotlarini  sifat  ko‘rsatkichlari   sinovdan  o‘tkazilib, ayni damda korxonada  ISO 22000 standartini joriy  etish uchun hujjatlar  tayyorlanib muvofiqlik  sertifikatini  rasmiylashtirishda  amaliy  yordam  ko‘rsatilmoqda.