Kecha Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Chirchiq kimyo-industrial tehnoparki” binosida Chirchiq shahar xokimligi, sektor rahbarlari, tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar ishtirokida eksportyor korxonalarning sohadagi mavjud muammolari va takliflarni o‘rganish yuzasidan ochiq muloqot doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi tizim korxonalari O‘zbekiston milliy metrologiya insituti va “UzTEST” markazi Chirchiq filiallari vakillari ishtirok etib eksportyor korxonalarning sertifikatlashtirish, metrologiya va standartlashtirish yo‘nalishidagi qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
Bundan tashqari filiallar mutaxassislari tehnik jihatdan tartibga solish sohasidagi yangiliklar va qonunchilik me’yorlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, murojaatlar uchun o‘z manzillarini aytib o‘tdilar.