O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan suyuq sovun va yuvish vositalarini ishlab chiqaruvchi “Samarkand beauty soap” korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirda korxona tomonidan ishlab tayyorlanayotgan mahsulotlar muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Korxona vakillariga sohaga doir qonunchilik to‘g‘risida keng tushunchalar berildi.