O‘zTTSAning Buxoro viloyati hududiy bo‘linmalari Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi hamkorligidagi memoradumga asosan  fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yaxshilash maqsadida “Mahsulot va xizmatlarning sifat kafolatini ta’minlash” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talabalarning nazariy va amaliy bilimini mustahkamlash, o‘quv jarayondagi ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, tajriba almashinish hamda tomonlarning mutaxassis kadrlarni va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishdan iborat.

Shuningdenk tadbirda metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha yetuk, raqobatbardosh, kadrlarni birgalikda tayyorlash, mutaxassislar almashuvini, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish, soha bo‘yicha to‘plangan tajribalaridan, nazariy va amaliy bilimlar almashish, talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini muassasada tashkil qilishga ko‘maklashish, professor-o‘qituvchilar, ilmiy-pedagog xodimlarni ishlab chiqarish, qiyoslash, kalibrlash va sinov laboratoriyalarda, ilmiy amaliyotini tashkil etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.